O'zbekiston-Hindiston
Suniy intellekt va mashinali o'qitish
qo'shma markazi

Markaz haqida

Samarqand davlat universitetida raqamli texnologiyalar fakulteti va Galgotias universiteti bilan hamkorlikda Hindiston-O’zbekiston sun’iy intellekt va mashinali o’qitish markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov, xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Akmal Axatov, raqamli texnologiyalar fakulteti jamoasi va Hindistonning Galgotias universiteti professor-o’qituvchilari zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etdi.
Ushbu markazning asosiy vazifasi zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim beradigan mutаxassislarni tayyorlash, almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish, simpozium va konferensiyalar uyushtirish, sun’iy intellekt, blokcheyn, bioinformatika, biznes analitika yo’nalishlari bo’yicha ilmiy ishlar olib borish hamda tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini nufuzli jurnallarda chop etishga ko’maklashishdir.
- Hindiston-O’zbekiston sun’iy intellekt va mashinali o’qitish markazining ochilish Samarqand davlat universitetining xalqaro aloqalarini va ilmiy nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi, - deydi SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Hakim Xushvaqtov. – Bu kabi markazlarning tashkil topishi xalqaro hamjamiyatda universitet reytingini belgilashda va tadqiqotlarimiz samarasini qay darajada ekanligini bilishga katta rol o’ynaydi. Qolaversa, tajribalarimizni qo’llashda sinov maydonchasi bo’ladi. Ushbu markazning faoliyati ikki tomonlama foydali bo’lishiga ishonchim komil…
- Samarqand davlat universiteti bilan 2018-yildan boshlab hamkorlik aloqalarni yo’lga qo’yganmiz, - deydi Galgotias universiteti informatika va muhandislik fakulteti dekani, professor Munish Sabharwal. – Markaz darslari ingliz tilida olib boriladi. Ushbu markazda tahsil olgan talabalar bir semestr davomida Galgotias universitetiga o’qishlarini davom ettirishlari mumkin. Qolaversa, sun’iy intellekt, blokcheyn, bioinformatika, biznes analitika yo’nalishlari bo’yicha tadqiqot olib borishda Galgotias universitetidan ilmiy rahbar tayinlaymiz va bu borada doimiy hamkorlikka tayyormiz…

E'lonlar

Faoliyat

Samarqand davlat universitetida raqamli texnologiyalar fakulteti va Galgotias universiteti bilan hamkorlikda Hindiston-O’zbekiston sun’iy intellekt va mashinali o’qitish markazi ochildi

A'zolar

Samarqand Davlat Universiteti va Galgotias universiteti a'zolari

Biz bilan bog'laning

Samarqand viloyati Samarqand shahar Nomozgoh eski qurilish Kolleji binosi

Phone : +998979136919

Email : samdu@gmail.com

Fax : 7075552412